Yordam

Ko‘p beriladigan savollar

Onlayn taklifnoma nima?+

Qog‘oz o‘rniga mehmonlarga bitta havola (link) yuboriladi. Uni ochganda interaktiv sahifa chiqadi: ismlar, sana, joy, xarita, to‘ygacha qolgan vaqt va musiqa.

Taklifnomani kim tayyorlaydi — siz yoki men?+

O‘zingiz, 5 daqiqada. Dizaynni tanlaysiz, ism, sana va manzilni yozasiz — natija darhol ko‘rinadi. Saqlaganingizdan so‘ng link tayyor.

Ro‘yxatdan o‘tish kerakmi?+

Dizaynlarni ko‘rish uchun — yo‘q. Taklifnoma yaratish uchun Google orqali bir bosishda kirasiz: barcha taklifnomalaringiz kabinetingizda saqlanadi.

Mehmon ilova o‘rnatishi kerakmi?+

Yo‘q. Havola Telegram, WhatsApp, Instagram yoki SMS orqali yuboriladi va istalgan telefon brauzerida ochiladi.

O‘z rasmlarimni qo‘ysam bo‘ladimi?+

Ha. Dizayndagi rasmlarni bittalab o‘z suratlaringiz bilan almashtirasiz. Ba’zi dizaynlar to‘liq chizilgan — ularda rasm bo‘lmaydi.

Taklifnoma qaysi tillarda bo‘ladi?+

To‘rt tilda: o‘zbekcha (lotin va kirill), ruscha va inglizcha. Tilni yaratishda tanlaysiz — dizayndagi barcha yozuvlar shu tilga o‘tadi.

Yaratgandan keyin o‘zgartirsa bo‘ladimi?+

Ha, istalgan vaqt. Tahrirlash havolasi orqali ism, sana, manzil va rasmlarni o‘zgartirasiz — mehmonlardagi havola o‘zgarmaydi.

To‘lov qanday?+

Bepul dizaynlar — bepul. Pullik dizaynlar uchun obuna olasiz va Rahmat (Multicard) orqali Uzcard, Humo yoki Visa karta bilan onlayn to‘laysiz — obuna darhol faollashadi. Obuna muddatida belgilangan miqdorda taklifnoma yaratasiz.

Taklifnomani qog‘ozga ham chiqarsa bo‘ladimi?+

Har bir taklifnoma uchun QR-kod beriladi — uni qog‘oz taklifnoma yoki to‘yxona eshigiga qo‘yishingiz mumkin.

Javob topilmadimi?

Yozing — yordam beramiz.

Telegram

yoki boshqa aloqa usullari