Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 21-oktabr

Ushbu siyosat onlayntaklifnoma.uz («Onlayn Taklifnoma», «biz») xizmatidan foydalanganingizda qanday ma’lumotlar yig‘ilishi, nima uchun ishlatilishi va qanday himoyalanishini tushuntiradi.

1.Qanday ma’lumotlarni yig‘amiz

Akkaunt ma’lumotlari: ismingiz va e-pochtangiz. Google orqali kirsangiz — Google bergan ism, e-pochta va profil rasmi. E-pochta va parol bilan ro‘yxatdan o‘tsangiz, parolingiz faqat shifrlangan (xesh) ko‘rinishda saqlanadi.

Taklifnoma ma’lumotlari: siz kiritgan ismlar, sana, vaqt, manzil, telefon raqami, rasmlar va musiqa.

Mehmonlar javoblari: taklifnomangizni ochgan mehmonlar yuborgan javob (keladi/kelmaydi, ismi, soni) va tabriklar.

To‘lov ma’lumotlari: to‘lov holati, summasi va to‘lov tizimi bergan qisman yashirilgan karta raqami. Karta ma’lumotlari bizda saqlanmaydi — to‘lovlar Click, Payme va Multicard orqali amalga oshiriladi.

Texnik ma’lumotlar: kirish sessiyasi, til va mavzu sozlamalari uchun cookie fayllar, taklifnoma ko‘rishlar soni.

2.Google ma’lumotlaridan foydalanish

Google orqali kirishda faqat asosiy profil ma’lumotlari (ism, e-pochta, profil rasmi) so‘raladi va faqat akkauntingizni yaratish va unga kirish uchun ishlatiladi.

Google’dan olingan ma’lumotlar uchinchi shaxslarga sotilmaydi, reklama uchun ishlatilmaydi va boshqa maqsadlarda uzatilmaydi.

3.Ma’lumotlar nima uchun ishlatiladi

Taklifnoma yaratish, saqlash va mehmonlaringizga ko‘rsatish; mehmonlar javoblarini sizga yetkazish; to‘lovlarni qayd etish va obunani faollashtirish; xizmatni yaxshilash va xavfsizlikni ta’minlash; savollaringizga javob berish.

4.Kim ko‘ra oladi

Taklifnoma havolasi bor har bir kishi uni ochishi mumkin — havolani kimga yuborishni o‘zingiz hal qilasiz. Mehmonlar javoblari va tabriklarni faqat siz (kabinetingizda) va xizmat administratorlari ko‘radi.

Ma’lumotlaringizni sotmaymiz. Ular faqat xizmat ishlashi uchun zarur bo‘lgan hamkorlarga (server xizmati, to‘lov tizimlari) va qonun talab qilgan hollarda beriladi.

5.Saqlash va o‘chirish

Ma’lumotlar akkauntingiz faol bo‘lgan muddatda saqlanadi. Akkaunt yoki taklifnomani o‘chirishni so‘rasangiz, ma’lumotlaringiz o‘chiriladi (qonun bo‘yicha saqlanishi shart bo‘lgan to‘lov yozuvlaridan tashqari).

Ma’lumotlaringizni ko‘rish, tuzatish yoki o‘chirish uchun biz bilan bog‘laning.

6.Cookie fayllar

Saytga kirganingizni eslab qolish, til va kunduzgi/tungi rejim sozlamalari uchun zarur cookie fayllardan foydalanamiz. Reklama cookie fayllari ishlatilmaydi.

7.O‘zgarishlar va aloqa

Siyosat yangilansa, shu sahifada sana bilan e’lon qilinadi. Savollar bo‘yicha «Aloqa» sahifasi yoki Telegram orqali yozing.